Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.


Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlar, agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari hamda tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining sessiyasida qabul qilingan 2026-yil mahalliy byudjet daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi Kengash qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qarorda belgilangan mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi, ajratilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar ham muhokama qilinib, ularni puxta tayyorlash, tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda masalalar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3