Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan "2-Shayxon" saylov okrugi hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, sanitariya-tozalik holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati joyiga chiqib o‘rganildi.


O‘rganish davomida chiqindi to‘plash maydonchalari, chiqindilarni olib chiqish grafigiga rioya etilishi, hududlarning sanitariya holati hamda fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganildi. Mas’ul tashkilot vakillari bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib ketishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-son “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, ularning inson salomatligi va atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Deputat F.Hojiyev hududlarda sanitariya va ekologik osoyishtalikni ta’minlash, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish masalasi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.

Slide 1 of 3