Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
ISHBILARMON AYOLLAR — TARAQQIYOT VA FAROVONLIK TAYANCHI!

Mazkur tanlov mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ayollarning biznes sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, tadbirkor, hunarmand va tashabbuskor xotin-qizlar ishtirok etdi. 

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida erishayotgan natijalari, innovatsion g‘oyalari hamda aholi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbirkor ayollarning iqtisodiy islohotlardagi o‘rni, oilalar farovonligini ta’minlashdagi hissasi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib ulushi alohida e’tirof etildi. 

So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Tadbir yakunida tanlovda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   

Ta’kidlanganidek, “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda jamiyatda ayolning nufuzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlar hududlarda ishbilarmon ayollar safini kengaytirish, yangi tashabbus va
loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.  

Slide 1 of 12