Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputati X.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugi hududida joylashgan “Baqa chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli D.Meliboyevaning faoliyati bilan yaqindan tanishilib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator murojaatlar bildirildi. Jumladan, fuqaro M.Maqsudova o‘z turar joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan murojaat qildi.

Shuningdek, Baqa chorsu ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Komilova hamda Soybo‘yi ko‘chasida yashovchi fuqaro Q.Fayziyeva tomonidan ham kadastr bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan o‘rganuvga olinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3