Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan “Ashurali Zohiriy” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayramini munosib kutib olish maqsadida shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar hamda hududlarda o‘tkazilayotgan “Shukronalik” tadbirlari haqida batafsil suhbatlashildi.

Shuningdek, mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yangi infratuzilma obyektlari, aholiga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan fuqarolarga ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan mahalla faollari va xotin-qizlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan e’tibor hamda yaratilayotgan imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini yuqori kayfiyatda kutib olish yo‘lida birgalikda harakat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6