Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-“Chorguzar” saylov okrugi deputati Avazbek Appaqov tomonidan hududlarda aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasida izchil hamda samarali ishlar olib borilmoqda.

Deputat o‘z faoliyatida ochiqlik va bevosita muloqot tamoyillariga tayangan holda, fuqarolar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda. Ayniqsa, Andijon shahridagi “Xursandlik” va “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilayotgan ishlar bu boradagi yondashuvning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur hududlarda aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish maqsadida uyma-uy yurishlar yo‘lga qo‘yilib, har bir xonadon kesimida murojaatlar tinglanmoqda. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rilib, ularning bosqichma-bosqich yechimi ta’minlanmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, bu jarayonda nafaqat muammolarni qayd etish, balki ularning aniq yechimiga erishish, aholi roziligini ta’minlash va ijtimoiy muhitni yaxshilash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Deputat tomonidan olib borilayotgan bunday manzilli ishlar fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida aholi bilan samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning dolzarb masalalariga tezkor va adolatli yechim topish amaliyoti kengayib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, joylarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash hamda mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5