Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
PANDIGON MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

 PANDIGON MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, Quva tumani hokimi X.Umarov o‘zi
saylangan saylov okrugi hududidagi Pandigon mahalla fuqarolar yig‘inida tuman
Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabulini
o‘tkazdi.


Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani
yaxshilash, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa
dolzarb yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan
atroflicha fikr almashilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha
tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.


Shuningdek, qabul jarayonida aholini qiynab kelayotgan ayrim masalalar joyida
o‘rganilib, tezkor hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab
etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan
mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 3