Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Mazkur uchrashuv “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda mahalla raisi va “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etib, hududda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, atrof-muhit tozaligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mahalla fuqarolar yig‘ini, deputatlar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar ijrosi ustidan samarali nazoratni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

✅ Yunusobod tumanida ekologik barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3