Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat faoliyati — yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda doimiy ish o‘rinlari yaratish masalalariga qaratilgan navbatdagi amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tashrif doirasida deputat Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan KFK charm poyafzal korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning imkoniyatlari hamda ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonada ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularni kasbga o‘rgatish tizimi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘rganish davomida ishchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida korxona imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda bitiruvchi yoshlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday manzilli chora-tadbirlar yoshlar bandligini oshirish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4