Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida “O‘zbekiston 20 yilligi” va “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida qator dolzarb muammolar aniqlandi.

Xususan, “O‘zbekiston 20 yilligi” MFY hududidagi Furgat hamda Avg‘obog‘ ko‘chalarida yo‘l infratuzilmasining talab darajasida emasligi, asfalt qoplamasining mavjud emasligi aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Nodirabegim” MFY 2-kichik dahasida joylashgan 4a-sonli ko‘p qavatli uy oldida piyodalar harakati uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani, zamonaviy piyodalar yo‘lakchasini barpo etish zarurati mavjudligi aniqlangan.

Mazkur muammolarni tizimli hal etish maqsadida Andijon shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish — ustuvor vazifalardan biridir.

Holat deputat nazoratiga olingan bo‘lib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 2