Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Samarqandda mas’uliyatli nikoh va huquqiy madaniyat targ‘ib qilindi

Samarqandda mas’uliyatli nikoh va huquqiy madaniyat targ‘ib qilindi

✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar oila qurishga ongli va mas’uliyatli yondashadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Boboqulova I.M., viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassislari Ishchanova B.Q. hamda viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

➡️Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarini himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shma tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmonining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari keng tushuntirildi. Jumladan:

🔘nikoh yoshiga yetmagan shaxslar bilan nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olish, ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlari uchun mas’uliyatini oshirish;
🔘moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor yoshlar o‘rtasida nikohni rag‘batlantirish;
🔘ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish, bunday holatlarga uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

✍️Shuningdek, talaba-yoshlarda oila qurish jarayonida davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, rag‘batlantirish choralari, ayniqsa bolali va homilador talabalarning qo‘llab-quvvatlanishi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Slide 1 of 7