Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Jamoatchilik monitoringi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari Akmal Qurbonov xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov bilan birgalikda tumanda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasining Vobkent tumanidagi ijrosini oʻrganish maqsadida Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Vobkent tuman boʻlimida jamoatchilik monitoringi oʻtkazildi.

🌲Monitoring davomida Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Vobkent tuman boʻlimida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sohada qonunchilikka rioya etilish holati oʻrganildi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasining tumandagi ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va mavjud muammolar tahlil qilindi.

  🔍 Oʻrganishlar jarayonida:
— koʻkalamzorlashtirish ishlarining borishi,
— daraxt va koʻchatlarni parvarishlash holati,
— aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligi alohida koʻrib chiqildi.

⚖️ Shu bilan birga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonun talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

🤝 Jamoatchilik monitoringi yakunida sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

  ❓ Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!

Slide 1 of 4