Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qaror ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari Yog‘ bozori mahalla fuqarolar yig‘ini, Chankatlik ko‘chasi 62-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Xasanov xonadonida amalga oshirildi.

Monitoringda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov, ishchi guruh a’zolari hamda Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida qaror asosida xonadonda olib borilayotgan yashil ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha tegishli hujjatlar mas’ullar tomonidan taqdim etildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan:
qurilish ishlarining sifati;
belgilangan muddatlarga rioya etilishi;
foydalanilayotgan qurilish materiallarining yetarliligi va sifati;
ta’mirlash ishlarining amaldagi talablar asosida olib borilishi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qaror ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4