Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Yoshlar oyligi tadbirlarini tashkil etish uchun mablag‘ ajratishga rozilik berish to‘g‘risidagi masala bo‘ldi.

Muhokamalar davomida ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, tadbirlarning mazmun-mohiyati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Komissiya a’zolari tomonidan mazkur mablag‘larning samarali va shaffof foydalanilishini ta’minlash, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda yoshlarni keng qamrab olish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va jamiyatdagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3