Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O‘.Tojiyeva tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markaziga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi Chodaklik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan murojaat asosida tayyorlandi. Murojaatda Chodaklik ko‘chasi 44-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro I.Mamajanovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq og‘ir holati yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

Taqdim etilgan tibbiy xulosalarga ko‘ra, fuqaro og‘ir onkologik kasallik — siydik yo‘li saratoni bilan kasallangan bo‘lib, shu kunga qadar bir necha marotaba jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

Shifokorlar tavsiyasiga muvofiq, fuqaroning hayotini saqlab qolish va sog‘lig‘ini tiklash maqsadida navbatdagi murakkab operatsiyani o‘tkazish hamda siydik qopini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti zarurligi qayd etilgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan:
Fuqaro I.Mamajanovning murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Zarur tibbiy amaliyotni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish;
Jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotga so‘rov yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning murojaatlarini ijobiy hal etishga qaratilgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2