Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi o‘z samarasini bermoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 24-“Rayxon” saylov okrugi deputati Sh.Xasanova tashabbusi bilan hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, Farg‘ona viloyati Kengashi deputati O‘.Tojiyeva tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan amaliy ishlar boshlandi.

Deputatlik so‘rovida “Rayxon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi A.T.Xuqandiy mavzesida joylashgan 1,2 kilometr uzunlikdagi yo‘lni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalasi ko‘tarilgan edi. Xususan, mazkur hududda avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘laklarini qurish, ko‘cha yoritish tizimini o‘rnatish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, loyiha “Shaffof qurilish” tizimi orqali tender savdolariga chiqarilgan bo‘lib, pudratchi tashkilot aniqlangan. Bugungi kunda deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy ishlarni boshlash va loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Amalga oshiriladigan ishlar natijasida hududda zamonaviy piyodalar yo‘laklari barpo etilishi, ko‘cha chiroqlari o‘rnatilishi, yashil hududlar kengaytirilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratilishi kutilmoqda.

Mazkur tashabbus saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Ushbu masala deputatlar nazoratida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Хalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4