Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar F.Axmedov, J.Abdixayomova tomonlaridan tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalov ishtirokida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ishlab chiqilgan savolnomalar asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limda Qonun talablariga rioya etilishi, ish yuritish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, fuqarolar bilan muloqot jarayonlarida davlat tilidan foydalanish holati hamda tashqi va ichki yozuvlarning qonun talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘limda tayyorlanayotgan buyruqlar, qarorlar, ma’lumotnomalar, xizmat xatlari va boshqa rasmiy hujjatlarning davlat tilida yuritilishi, xodimlarning davlat tili me’yorlariga amal qilishi hamda davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida bo‘limning mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, davlat tili haqidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlashdagi mas’uliyat hamda davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Qonun talablarini to‘liq ta’minlash, rasmiy hujjatlarda imloviy va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar murojaatlariga davlat tilida sifatli javob berish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6