Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narхlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan markaziy dehqon bozoridagi “Elga xizmat” arzonlashtirilgan rastalarda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida bozorda sotuvga qo‘yilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan un, non, go‘sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum, shakar, o‘simlik yog‘i, kartoshka, piyoz, sabzi hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari tahlil qilindi. Shuningdek, mahsulotlarning sifati, saqlash sharoitlari va aholi uchun yaratilgan savdo xizmatlari holati ham ko‘zdan kechirildi.

Bozor ma’muriyati, tadbirkorlar va sotuvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlar ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, sun’iy narx oshirilishi holatlarining oldini olish hamda aholini doimiy ravishda arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Monitoring jarayonida bozorga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot qilinib, ularning oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, sifati va savdo xizmatlari bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. Bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, mas’ul tashkilotlarga yetkazilishi belgilandi.

Slide 1 of 7