Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Samarqand shahrida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilgi manzilli dastur tasdiqlandi

 Sessiyada shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Aliyevning hisoboti tinglanib, shahar hududlarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2026-yilda Samarqand shahridagi markaziy ko‘chalar hamda mahallalar ichki yo‘llarida keng ko‘lamli joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Dastur doirasida jami 54 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘l qoplamalarini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Xususan, Madadkor, Bekho, Cho‘pon ota, Chaqar, Hazora, Orzu, Vatanparvar, Temiryo‘lchilar, Maysazor, Bog‘ishamol, Ma’rifat, Xo‘jaqishloq, Gala Osiyo, Qarshi yo‘li, Ahmad Yassaviy, Gulbahor, Mir Said Baraka va boshqa mahallalardagi ichki ko‘chalarda ta’mirlash ishlari olib boriladi.


Sessiya davomida ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Mazkur dastur shahar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining turmush sifatini oshirish hamda hududlarni obod va zamonaviy qiyofaga keltirishga xizmat qiladi.