Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi sessiyada ko‘rib chiqildi

 Sessiyada fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda hududlarda mavjud infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish maqsadida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.

Qarorga muvofiq, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 1 milliard 51,4 million so‘mlik 3 ta muhim ijtimoiy loyiha moliyalashtirilishi belgilandi.

Jumladan:

Uvaysiy mahallasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan tabiiy gaz chaqnashi oqibatlarini bartaraf etish va zarar ko‘rgan konstruksiyalarni mustahkamlash ishlari uchun mablag‘ ajratiladi;

Bog‘dod ko‘chasida asfalt qoplamasi yotqizish, piyodalar yo‘laklarini qurish hamda irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish orqali aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulay infratuzilma yaratiladi;

Qo‘rg‘oncha mahallasidagi eskirgan ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash orqali aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi yaxshilanadi.

Sessiya yakunida ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.