Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, qonun ustuvorligi hamda davlat organlari faoliyatida halollik tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qonunlar korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, davlat va jamiyat boshqaruvida hisobdorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-419 | Qabul qilingan sana: 03.01.2017

Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, yo‘nalishlari va mexanizmlarini belgilab, korrupsion holatlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishning huquqiy asoslarini yaratadi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-931 | Qabul qilingan sana: 05.06.2024

Ushbu qonun davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solish, xizmat vazifalarini xolis hamda adolatli bajarishni ta’minlashga qaratilgan.

Mazkur qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.