Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat o‘rganishi: Saxovat mahallasidagi yangi MTT tez kunlarda foydalanishga topshiriladi

Deputat o‘rganishi: Saxovat mahallasidagi yangi MTT tez kunlarda foydalanishga topshiriladi

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi deputati A.Kamolov aholi farovonligi va hududiy infratuzilmani yaxshilash borasidagi o‘rganishlarini davom ettirmoqda.

Kuni kecha deputat tumanimizdagi "Saxovat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi barpo etilgan 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga (MTT) tashrif buyurdi va u yerdagi holat bilan yaqindan tanishdi.

Hozirgi kunda ushbu zamonaviy bog‘chaning bino-inshootlarini qurish va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan. Biroq, muassasa jajji bolajonlarimizni qabul qilish uchun hali rasman ishga tushirilgani yo‘q.

Ayni vaqtda MTTni eng so‘nggi andozalardagi zaruriy jihozlar, mebellar, o‘quv-didaktik materiallar va oshxona uskunalari bilan ta’minlash jarayoni ketmoqda. Jihozlarning bir qismi yetib kelgan bo‘lib, ularni o‘rnatish va joy-joyiga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Deputat A.Kamolov o‘rganish davomida mas’ullarga bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar xavfsiz, sifatli va talab darajasida bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Bog‘cha qisqa muddatlarda o‘z bag‘rini ochishi va Saxovat mahallasi yoshlari sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.