Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Qaror ijrosi amalda: “Jo‘yjangal” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurovlar Kengash deputati G.Xudaykulova saylov okrugiga qarashli “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori uy-joyi ta’mirlanayotgan fuqaro Sh.Rasulov xonadonidagi ishlar jarayoni bilan tanishdilar.

Mas’ullar uy-joyning bugungi kundagi holatini ko‘zdan kechirib, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari sifati hamda xonadonda yaratilgan sharoitlarni tahlil qildilar.

Ta’mirlash ishlari yakunlanganiga qaramay, xonadonda ayrim sifat darajasi past bo‘lgan va tugallanmagan ishlar mavjudligi aniqlandi. Bu esa aholining munosib yashash sharoitiga bo‘lgan huquqlarini to‘liq ta’minlamasligini anglatadi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifat standartlariga muvofiq holatga keltirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilishi belgilanib olindi.

Slide 1 of 3