Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Rajabov Botir Abdurasulovich tomonidan “Yoshg‘ayrat” MFY hududidagi dolzarb muammo nazoratga olinib, tegishli deputatlik so‘rovlari yo‘llangan edi.

➡️ Muammo nimada edi?

Joriy yildagi kuchli yog‘ingarchiliklar va sel oqibatida Qumqo‘rg‘on kanalidan suv yetkazib beruvchi sug‘orish ariqlari loyqa va cho‘kindilar bilan to‘lib qolgan. Natijada “Yoshg‘ayrat” MFYdagi 300–400 dan ortiq xonadon tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

➡️ Ko‘rilgan choralar:

Mahalla fuqarolarining murojaati asosida deputat tomonidan Sho‘rchi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori O. Ismoilovga hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S. Saidahmedovga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

➡️Natija:

✔️Sug‘orish ariqlarini loyqa va cho‘kindilardan tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi
✔️Hududga maxsus texnika (ekskavator) jalb etildi
✔️Suv oqimi tiklanib, aholining tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati qayta ta’minlandi
✔️ Amaliy ishlar boshlab yuborildi

➡️ Eslatma: deputatlik so‘rovi o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilangan tartibda nazoratga olingan.

Aholining har bir murojaati va muammosi doimiy e’tibor markazida!

Slide 1 of 1