Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Obodlik va xavfsizlik mezoni: “Gulira’no” mahallasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash deputati O.Sharofutdinova “Gulira’no” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan hududdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.

Jumladan:
• Uylarning kirish yo‘laklari (podyezdlar) tozaligi va tartibi;
• Elektr shitlari va kabellarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hovli uylar atrofi, yo‘laklar va umumiy hududlarning obodonlashtirilganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Ushbu o‘rganish va nazorat jarayonlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilishi belgilanib olindi.

Mahallalarimiz obodligi — yurtimiz obodligi! Bu boradagi deputatlik nazorati qat'iy davom ettiriladi.
Slide 1 of 5