Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq Boyovut tumani “Olmazor” mahallasi yettiligi faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish belgilangan bo‘lib, shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi, kotibiyat mudiri hamda deputatlar tomonidan mahallaga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyatini joyida o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan edi. Biroq, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tashrif sanasi va vaqti haqida oldindan xabardor qilingan bo‘lishiga qaramasdan, ish joyida bo‘lmaganligi sababli rejalashtirilgan o‘rganish ishlari ishchi guruh raisining taklifiga binoan o‘tkazilmadi. Shu o‘rinda mahalla uyushmasining tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga tegishli tartibda ma’lumot berilgan hamda o‘rganish jarayonida ishtirok etishi zarurligi yuzasidan xabardor qilingan.

Mazkur holat mahalla yettiligi faoliyatini samarali o‘rganish va tahlil qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, mas’ul mansabdor shaxs tomonidan xizmat vazifalariga nisbatan yetarli darajada mas’uliyat bilan yondashilmaganligi yuzasidan tegishli xulosa chiqarish zarurligi ta’kidlandi.

Natijada ushbu masalani Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda holatni tanqidiy muhokama qilish bo‘yicha taklif bildirildi. Sessiyada mas’ullarning axboroti eshitilib, kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli choralar belgilanishi rejalashtirildi.

Slide 1 of 5