2024-yil 13-may kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Alisher Axmedov va Mavluda Saydaliyeva "Mahalla yettiligi" bilan birgalikda "Yaxshi Niyat" mahallasi aholisining murojaatlarini qabul qildilar.
Murojaatlarning aksariyati shu yerning o'zida ijobiy hal etildi, uzoq vaqt va katta mablag'lar talab etiladigan murojaatlari bo‘yicha aniqlangan muammolar va shakllantirilgan takliflar “mahalla yettiligi” bilan umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etib borish belgilab olindi.