Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” ning faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sherzod Salixov "Ochamayli" mahalla fuqarolari yig‘inida tomorqadan samarali foydalanish va hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. 

Xususan, mas’ullar tomonidan hududda joylashgan “Ochamayli” mahallasi aholisining xonadonlarida fuqarolar va nuroniylar bilan suhbat o‘tkazgan holda “mahalla yettiligi” ning faoliyati o‘rganildi.

Shundan soʻng tuman rahbari hududdagi 10-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida ham boʻldi. U yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bog‘cha hududini obodonlashtirsh va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1