Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Paxtakor tuman Xalq deputatlari Kengashi deputati Zoir Shodmonov tashabbusi bilan tumanda “Obod mahalla — obod uy” shiori ostida ma’naviy-amaliy seminar tashkil etildi.

Paxtakor tuman Xalq deputatlari Kengashi deputati Zoir Shodmonov tashabbusi bilan tumanda “Obod mahalla — obod uy” shiori ostida ma’naviy-amaliy seminar tashkil etildi. Unda mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, namunali xonadonlardan birida obodonlashtirish, tartib-intizom va oilaviy muhit borasida tajriba almashildi.

🏡 Xonadonning saranjom-sarishtaligi, hovlining ko‘rkamligi, gul va ko‘chatlarga berilgan e’tibor, tozalik va did bilan jihozlangan uy muhiti — bularning barchasi insonning ichki madaniyati va mas’uliyatini yaqqol namoyon etdi.

🌿 Ayniqsa, hovlidagi yashil hudud, mevali daraxtlar va tomorqadan oqilona foydalanish tajribasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu nafaqat obodonlik, balki kelajak haqida o‘ylash, oilaviy qadriyatlarga sadoqat va mahalla birdamligining ifodasi ekani alohida ta’kidlandi.

📌 Seminar davomida:

1️⃣ Xonadonni obod saqlash madaniyati,

2️⃣ Tejamkorlik va tartib-intizom,

3️⃣ Mahalla muhitida farzand tarbiyasiga e’tibor masalalari muhokama qilindi.

Ajdodlarimiz bejizga “Obod uy — fayzli uy” demagan. Uy obod bo‘lsa — mahalla obod, mahalla obod bo‘lsa — yurt ravnaq topadi.

✨ Tadbir yakunida har bir xonadon o‘z yashash joyini namuna darajasida saqlashi, mahalla taraqqiyotiga hissa qo‘shishi va boshqalarga ibrat bo‘lishi zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Slide 1 of 6