Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich (17-Elobod saylov okrugi) o‘z saylov hududidagi "Elobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzilishlari hamda ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir masalani atroflicha tinglab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan hududni obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ochiq muloqotlar tashkil etishni davom ettirish ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilashga xizmat qildi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 2