Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:

“Arpapoya” mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla yettiligi a’zolarining faoliyatini o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarining mazmun mohiyati hamda "mahalla yettiligi" – Kengash – Senat" uch bo'g'inli hamkorligi, muammoli masalalarni sessiyada muhokama qilish, respublika darajasidagi muammolarni Senatga taqdim etish mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek mahalla hududini rivojlantirish aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasida mahalla yettiligi a’zolari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining 2026-yilda amalga oshirishi belgilangan “Yo‘l xaritalari” bilan tanishdi. Aholi bilan o‘tkazilgan muloqot jarayonida mahallaning infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 6