Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
DEPUTAT MAHALLADA

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi 18-A.Navoiy saylov o‘krigi deputati O‘razmetov Komil Yuldashevich hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Artikov Xursand Zaxirovichlar tumandagi Navbiryop mahallasida fuqarolar uchrashuvi o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida K.O‘razmetov joriy yil mahalladagi J.Rumiy, Xizir eli, Feruz, K.Otaniyazov hamda Mustaqillik ko‘chalari yo‘llari ta’mirtalabligi bo‘yicha mahalla ahli tomonidan qilingan murojaat yuzadan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan chiqilgani va buning natijasida ushbu ko‘chlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga asosan Gurlan tumani obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilgi manzilli ro‘yxatiga kiritilgani shunga asosan tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilinib, tasdiqlangani va qaror orqali ushbu ko‘chalar joriy yil ta’mirlanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Fuqarolar qilgan murojaatlari yuzasidan asoslangan va batafsil javob olganlaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Bu kabi ochiq muloqotlar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, joylardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3