Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahridagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

✅ Ushbu hamkorlik doirasida shahar Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Termiz shahar vakili bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

🕐 Shuningdek, joylarda sayyor qabullar tashkil etish, mahallalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, fuqarolarning dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni qonuniy hal etish mexanizmlarini tushuntirish ko‘zda tutilgan. Hamkorlik doirasida kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinib, tizimli muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish amaliyoti ham kuchaytiriladi.

🏛 Mazkur tashabbus fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️ Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan bunday hamkorlik aloqalarini kengaytirish va aholiga yaqin bo‘lgan, ochiq va shaffof faoliyat yuritish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Slide 1 of 3