Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Aliqulov tomonidan “Fayzabod” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga oshirilib, mahalla yettiligi tomonidan bajarilgan vazifalar, amaliy ishlar va aholi murojaatlari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.

O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar keskin muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv mahalla faollari, yettilik a’zolari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.