Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputatlar va huquqiy tashkilotlar hamkorligi mustahkamlanmoqda

Deputatlar va huquqiy tashkilotlar hamkorligi mustahkamlanmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati, tuman Adliya bo‘limi hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti Shovot tumani huquqiy maslahat byurosi xodimi O. Ataxanov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi va “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tuman kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini samarali tashkil etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, sayyor qabullar tashkil etish, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va bepul huquqiy maslahatlar berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va ularning dolzarb muammolarini hal etishda hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Slide 1 of 2