Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev tomonidan tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida "Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Chinoz tumani bo‘limi qurilish bo‘yicha vakili N.Mayramov hamda aholi va mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig'ilishda deputat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish (II bosqich)” loyihasi doirasida qabul qilingan VM-516-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berdi.

Xususan, ushbu loyiha doirasida Chinoz tumani “Birlik” MFY hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, jumladan, aholini sifatli va uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mahalla faollariga loyiha bosqichlari, kutilayotgan natijalar hamda amalga oshirish jarayonida aholining ishtiroki va hamkorligi muhimligi haqida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga deputat tomonidan aniq va asosli javoblar berilib, aholining taklif va mulohazalari tinglandi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarning samarali amalga oshirilishiga qaratildi.

Slide 1 of 3