Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Prezident Murojaatnomasi o‘rganilmoqda

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati, ma’naviyat targ‘ibotchilar guruhi a’zosi U.Abdunazarov tomonidan hamkorlikda shahar Tibbiyot texnikumining o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda ushbu Murojaatnoma jamiyatimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganligi va chuqur e’tibor bilan tinglanganligi e’tirof etildi. Murojaatnoma, avvalo, davlat va jamiyatni tashvishga solayotgan eng dolzarb masalalarga tizimli yechimlar taklif etilishi bilan ahamiyatlidir. Unda nafaqat hozirgi islohotlarning mazmun-mohiyati, balki kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari, aniq maqsadlar va ularga erishish mexanizmlari belgilab berilishi bilan ahamiyatlidir. Shu jihatdan Murojaatnoma strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dasturiy hujjat hisoblanadi. Chunki unda ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalar keyinchalik qabul qilinadigan davlat dasturlari, tarmoq va hududiy strategiyalarda o‘z ifodasini topadi hamda amaliy ijro uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U islohotlarning mazmunini
yanada chuqurlashtirib, ularni har bir fuqaroning kundalik hayotiga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 2