Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Сессия

2025-yil 29-dekabr kuni Xo‘jayli tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tumanlik Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi raisi J.Ermashev olib bordi. Dastlab sessiyada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng, kun tartibiga qo‘yilgan 5 ta masala ko‘rib chiqilib, ma’ruzachilarning hisobotlari tinglandi. Xususan, 2026 yil uchun mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish va Xalq deputatlari tuman Kengashi raisini saylash haqida aytildi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashiga 14-"Janqońırat" saylov okrugidan deputat Qo‘chqorov Ikromjon saylandi. Saylov O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonunining 16-3-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazildi. Bugungi 2025 yilning yakuniy sessiyasida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlarimiz tomonidan ma’qullanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1