Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Retseptsiz beriladigan dori vositalari bo‘yicha qonunchilik normalari

✔️“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, retseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda belgilanadi. Yo‘riqnomalar dori vositasining tarkibi, qo‘llanish ko‘rsatmalari, dozalash tartibi va ehtimoliy yondosh ta’sirlarini o‘z ichiga oladi. 

 

 ✔️Shuningdek, bunday dori vositalari Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida qayd etiladi. Reyestr preparatlarning qonuniy muomalada bo‘lishini va ularning rasmiy tasdiqdan o‘tganligini ta’minlaydi. 

 

 ✔️Ushbu tartib dori vositalarining xavfsiz va maqsadga muvofiq qo‘llanilishini ta’minlashga, shuningdek farmatsevtika sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

 

 Baxriyev Nurillo Toshtemirovich, tuman Kengashi deputati