Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Deputatlik nazorati

#Deputatlik_nazorati

Termiz shahridagi "Farhod" mahallasi yettiligi bilan hamkorlik, mahalladagi shifoxona hamda maktab faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati, tadbirkor Xayitali Allamurodov hamda shahar Kengashi deputatlari Dilbar Normurodova, Akmal Ashurov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Termiz shahri "Farhod" mahallasida mahalla yettiligi bilan muloqot olib borildi.

Mahallaga murojaat qilib kelgan 2 nafar fuqaroning muammosi deputatlar tomonidan eshitildi. Murojaatning 1 tasi deputat tomonidan moddiy yordam berilishi, ikkinchisi deputatlik so'rovi orqali hal etilishi kelishib olindi.

Shuningdek, viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda 11-sonli maktabning issiqlik tizimi, maktabda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari ko'zdan kechirildi. 

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga so'rovlar yuborish belgilandi.

Slide 1 of 10