Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi

“Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari” — yoshlar bilan mazmunli suhbat

Marg‘ilon shahar 2-umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida yoshlar ongiga “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi soxta qadriyatlarning ta’siri va uning oldini olishga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo‘limi boshlig‘i Islombek Rahmonov ishtirok etib, bugungi kunda global axborot oqimlarida uchrayotgan zararli g‘oyalar, yoshlarning ma’naviy immuniteti hamda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, shahar axborot-kutubxona markazi direktori, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Abdubannob Mahkamov o‘quvchilarga kitob o‘qish madaniyati, badiiy va ilmiy adabiyotning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni, mustaqil fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi jihatlarini misollar orqali tushuntirdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollikni rivojlantirish, sog‘lom axborot muhitini yaratish hamda zararli oqimlarga qarshi ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yoshlarning fikrlari tinglandi, savol-javoblar o‘tkazildi va ularning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi kitoblar targ‘ib qilindi.

Slide 1 of 2