Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
🥩 Oziq-ovqat xavfsizligi va sifatli mahsulotlar ta’minoti – dolzarb masala sifatida muhokama qilindi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uni ilmiy asosda tashkil etish, aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan Ishtixon tumani Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazining hisobotini Kengashning tegishli doimiy komissiyasi tingladi.

Uchrashuv davomida tumanda go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish, epizootik barqarorlikni ta’minlash, aholiga sog‘lom va toza mahsulot yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish choralari atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Deputatlar oziq-ovqat xavfsizligi tizimini takomillashtirishda zamonaviy laboratoriya uskunalaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish, hamda bozorlar orqali aholiga arzon va sifatli mahsulot yetkazish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar.

📌 Muhokama yakunida aholining oziq-ovqat xavfsizligi, sifatli mahsulotlar ta’minoti hamda veterinariya va sanitariya nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 3