Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
🌿 Ekologik madaniyatni yuksaltirish – barqaror rivojlanish garovi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ishtixon tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qarori — *“2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”*gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Ishtixon tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasining hisobotini Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tingladi.

Hisobot davomida tumanda ekologik muammolarni bartaraf etish, tabiatni muhofaza qilish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, shuningdek chiqindilarni qayta ishlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.

♻️ Deputatlar tomonidan aholining ekologik savodxonligini oshirishda ta’lim muassasalari, mahalla faollari va yoshlar ishtirokini kengaytirish, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatni targ‘ib qilish zarurligi ta’kidlandi.

📌 Muhokama yakunida ekologik muhitni yaxshilash, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. 

Slide 1 of 3