Yangiliklar

“O‘zbekiston-2030” strategiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati seminar o'tib berdi.

Pastdarg‘om tuman hokimligida 2024-yil 26-yanvar kuni tuman hokimi, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, Xalq deputatlari Viloyat va tuman Kengashi deputatlari va tuman faollari bilan birgalikda tadbir o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi V.Murodqobilov kirish so‘zi bilan ochib Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Abdiyeva tibbiyot va talim sohasida olib borilayotgan yangiliklar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi. Viloyat Kengashi deputati I.Bobokulova qonunchilikdagi yangiliklar va “O‘zbekiston-2030” strategiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga malumotlar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng deputatlar joylarga chiqib, muammo va takliflarni o‘rganishdi. 

Slide 1 of 7