Ishtixon tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini Bolqi qishlog‘ida yashovchi fuqaro Shakarov Shoxruxning ishga joylashish yuzasidan qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish natijalar bo‘yicha murojaatchi Shakarov Shoxruxning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishida amaliy yordam berildi. Murojaat natijasiga ko‘ra Sh.Shakarov tumandagi 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tarix fani o‘qituvchisi sifatida ishga joylashtirildi.