2024-yilning 26-yanvar kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi to`qson beshinchi sessiyasi o`tkazildi.
Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.
Kun tartibidan quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil uchun O‘zbekistonRespublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-471-son qarori ijrosi bo‘yicha viloyatMaktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F.Boltayev hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevlarning hisobotlari;
- viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Umarovning 2023-yil IV chorak yakunibo‘yicha viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar bilanhamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bayxo‘rozovning O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirishchora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarori ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigankamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlarining ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagimasalani ko‘rib chiqish haqida;
- Samarqand viloyatida 2023-2024-yillarda sement-beton yo‘llarni qurish ishlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2023-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini tasdiqlashto‘g‘risida;
- Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil I yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.