Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining "Maslahat Kengashi" o'tkazildi. Kengash muhokamasiga xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining to'qson beshinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil uchun O‘zbekiston
Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-471-son qarori ijrosi bo‘yicha viloyat
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F.Boltayev hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevlarning hisobotlari;
- viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Umarovning 2023-yil IV chorak yakuni
bo‘yicha viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar bilan
hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bayxo‘rozovning O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarori ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan
kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlarining ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi
masalani ko‘rib chiqish haqida;
- Samarqand viloyatida 2023-2024-yillarda sement-beton yo‘llarni qurish ishlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2023-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini tasdiqlash
to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil I yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.