Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
“GULZOR” MAHALLASIDA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

“GULZOR” MAHALLASIDA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

📍 Olmazor tumani “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning yanvar–sentabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla yettiligi vakillarining faoliyati sarhisob qilindi.

📊 Mahalla haqida qisqacha ma’lumot:

- 👥 Aholi soni — 8 283 nafar
- 🏠 Oilalar soni — 2 572 ta
- 🏡 Xonadonlar soni — 1 463 ta

🔹 Mahalla raisi Mirhamidov Xurshid Baxodirovich hisobot davrida aholi murojaatlari bilan ishlash, oilalardagi muammolarni o‘rganish, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🔹 Xotin-qizlar faoli Yunusxodjayeva Marhabo Haydar qizi xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy muammolarini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Jumladan, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida 312 nafar xotin-qiz ro‘yxatga kiritilib, ularning ijtimoiy holati va yordamga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

🔹 Profilaktika inspektori Sattorov Baxriddin Fatxullayevich mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish borasidagi faoliyati haqida axborot berdi.

✅ Hisobotlar davomida mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Kelgusida ham fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada osoyishta muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6