Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!

🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!

O‘zbek tili — millatimizning ma’naviy boyligi, milliy o‘zligimiz va bebaho qadriyatlarimiz timsolidir.

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash yo‘lida muhim tarixiy qadam bo‘ldi. 1995-yil 21-dekabrda esa ushbu Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish, sofligini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Barchangizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz. Ona tilimizning dovrug‘i hamisha baland bo‘lsin!

Ona tilimiz — millatimiz faxri! 🇺🇿

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1