Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
#Deputat_soʻrovi #Oltinsoy_tumani #Yoʻl_xavfsizligi #Maktab_xavfsizligi #Aholi_murojaati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Musurmon Abduraxmonovich Xujanov tomonidan tuman IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori B.M.Ergashovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

🚘 Masalaning моhiyati: Oltinsoy tumanidagi Mirshodi mahallasini Sho‘rchi tumani bilan bog‘lovchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining Gulchechak mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida kapital ta’mirlash ishlari bajarilib, yangi asfalt qoplamasi yotqizilgan. Biroq ushbu yo‘lda ayrim haydovchilar tomonidan belgilangan tezlik me’yorlariga rioya etmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu esa yo‘l bo‘yida joylashgan 59-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, yosh bolalar hamda mahalliy aholi hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

🛑 So‘rovda quyidagi amaliy choralarni ko‘rish so‘raldi:
Gulchechak mahallasidagi 59-sonli maktab oldidan o‘tuvchi yo‘l holatini mas’ul tashkilotlar iroksida joyiga chiqqan holda o‘rganish;

Transport vositalari tezligini pasaytirish uchun belgilangan normativlar asosida sun’iy notekisliklar (yotiq to‘siqlar) o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqish;

O‘quvchilarning maktabga kelish-ketish vaqtida xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chma svetofor o‘rnatish yoki boshqa zarur texnik vositalarni joriy etish;

Yo‘l belgilari, piyodalar o‘tish joylari va tezlikni cheklash vositalarining mavjudligini ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.

Ushbu deputatlik so‘rovining ijrosi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda amaliy choralar ko‘rilishi hamda natijasi bo‘yicha axborot berilishi nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3